Kompyuter xonalarini boshqarish uchun bepul va ochiq dastur. NetSupport School va Veyon'ga muqobil. O'qituvchi bitta kompyuterdan sinfdagi barcha kompyuterlarni ko'radi va boshqaradi.
Rust'da yozilgan, tez ishlaydi. Windows va Ubuntu uchun.
| 🖥 Kuzatish | Barcha ekranlar bir joyda (katakcha yoki ro'yxat ko'rinishi), bittasini katta ochish |
| 🖱 Boshqarish | O'quvchi kompyuterini masofadan sichqoncha va klaviatura bilan boshqarish |
| 🔒 Qulflash | Dars vaqtida ekranni qulflash — o'quvchi chalg'imaydi |
| 📽 Namoyish | O'qituvchi ekranini hamma o'quvchilarga ko'rsatish |
| 💬 Xabarlar | Telegram'ga o'xshash chat — o'quvchi javob yoza oladi |
| 🌐 Internet | Saytlarni bloklash, taqiqlangan so'zlarni qidirishni to'xtatish, xavfsiz qidiruv |
| 🚫 Dasturlar | Keraksiz dasturlarni bloklash, sayt yoki dasturni masofadan ochish, fayl yuborish |
| ❄️ Shadow rejim | Qayta yuklanganda kompyuter "yangidek" bo'lib yonadi (Shadow Defender / Deep Freeze kabi) |
| ⬇️ Yangilanishlar | Windows Update va dasturlar yangilanishini o'qituvchi kompyuteridan boshqarish |
| ⚡ Quvvat | O'chirish, qayta yoqish, seansdan chiqarish |
| 🏫 Xonalar | Kompyuterlarni xonalarga ajratish, nomini o'zgartirish |
Uch til (o'zbek, ingliz, rus), sichqoncha bilan belgilash (File Explorer kabi), qorong'i va yorug' mavzu, avtomatik yangilanish.
| Yorug' mavzu | Ro'yxat ko'rinishi |
|---|---|
![]() |
![]() |
| Shadow rejim | Chat (o'qituvchi) | Chat (o'quvchi) |
|---|---|---|
![]() |
![]() |
![]() |
Ikki qism bor:
vimora-teacher— o'qituvchi kompyuteridagi konsol.vimora-student— har bir o'quvchi kompyuteridagi agent.
Hech narsa sozlash shart emas: o'rnatsangiz bas. O'quvchi kompyuterlari konsolni tarmoqda (Wi-Fi yoki LAN) o'zi topadi va konsolda paydo bo'ladi — xonalarga o'qituvchi o'zi taqsimlaydi.
Har bir kompyuter birinchi topgan konsoliga bog'lanadi va keyin faqat unga bo'ysunadi —
boshqa kompyuterda ochilgan konsol uni boshqara olmaydi. Konsolni almashtirish kerak bo'lsa,
o'quvchi kompyuterida administrator sifatida vimora-student unpair ni ishga tushiring.
Tayyor o'rnatuvchilarni Releases sahifasidan yuklab oling:
| Kompyuter | Windows | Ubuntu |
|---|---|---|
| O'qituvchi | vimora-…-windows-x64-setup.exe → O'qituvchi |
vimora-teacher_…_amd64.deb |
| O'quvchi | vimora-…-windows-x64-setup.exe → O'quvchi |
vimora-student_…_amd64.deb |
Ubuntu'da:
sudo apt install ./vimora-student_*_amd64.debO'quvchi paketi ekranni ko'rish uchun X11 seansini yoqadi — o'rnatgandan keyin kompyuterni qayta yoqing.
Vimora o'zini GitHub Releases'dan o'zi yangilaydi. Har bir yuklab olingan fayl SHA256SUMS
bilan tekshiriladi.
- O'quvchi kompyuterlari har 6 soatda yangi versiyani tekshiradi va so'rovsiz o'rnatadi (Shadow yoqilgan kompyuterlar o'tkazib yuboriladi). Sozlamalar → O'quvchi kompyuterlari'da o'chirib qo'yish yoki "Hozir yangilash" mumkin.
- Konsol yangi versiya chiqqanini ko'rsatadi; o'rnatish — Sozlamalar → Yangilanish → "O'rnatish".
Til (O'zbekcha, English, Русский), mavzu (qorong'i / yorug' / tizim), kartochka o'lchami (100–200%), tartiblash, qulf ekrani matni va boshqalar. O'zgarishlar darhol saqlanadi.
Ubuntu (hammasi bitta buyruq: o'qituvchi va o'quvchi .deb, Windows .exe):
./build.sh # yoki: ./build.sh linux / ./build.sh windowsWindows: build.bat ustiga ikki marta bosing (faqat Windows .exe).
Natija dist/ papkasida, yonida SHA256SUMS. Kerakli vositalar birinchi marta o'zi
o'rnatiladi. Ubuntu paketlari Ubuntu 22.04 va undan yangilarida ishlaydi.
Rust kerak. Linux'da qo'shimcha paket shart emas.
cargo run -p vimora-teacher # konsol
cargo run -p vimora-student -- --server 127.0.0.1:47801 # agent (sinov uchun)
cargo test --workspacecrates/vimora-core protokol, imzolangan ulanish, ekran olish
crates/vimora-ui dizayn: ranglar, shriftlar, ikonlar, tarjimalar
crates/vimora-update GitHub Releases'dan o'zini yangilash
apps/vimora-teacher o'qituvchi konsoli
apps/vimora-student o'quvchi agenti + Vimora xizmati (Shadow, yangilanishlar, internet)
installer/ Windows va Ubuntu o'rnatuvchilari
- Shadow rejim Windows'da faqat Enterprise yoki Education nashrida ishlaydi
(Home/Pro'da UWF yo'q). Ubuntu'da
overlayrootorqali ishlaydi. - Ubuntu'da ekranni ko'rish va boshqarish X11 seansida ishlaydi (Wayland'da emas). O'rnatuvchi buni sozlab beradi.
- Buyruqlar konsol imzosi bilan tekshiriladi, lekin trafik shifrlanmaydi — faqat ishonchli lokal tarmoqda ishlating.
- Portlar: o'qituvchi — TCP 47801, o'quvchi — UDP 47800. O'rnatuvchilar firewall'ni o'zi sozlaydi.
- Loyiha yangi: real sinfda sinab ko'rilmoqda. Xato topsangiz, Issue oching.
MIT — bepul foydalaning, o'zgartiring, tarqating.





